To'lov va pulni qaytarish
Tahrir: 2026-yil 18-noyabr
Qisqasi: ish tayyorlanmasa, pul balansingizga o'zi qaytadi. Balansdagi ishlatilmagan pulni ariza bilan kartangizga qaytarib olasiz. Bonus va sovg'a pullari qaytarilmaydi.
Qanday to'lanadi
- Avval balans to'ldiriladi, keyin xizmatlar balansdan to'lanadi.
- To'lov usullari:
- Click, Payme, Uzcard / Humo (Atmos) — to'lov tizimining sahifasida, pul darhol tushadi;
- kartaga o'tkazma — bank ilovasidan o'tkazib, chek rasmini yuborasiz; pul chek tekshirilgach tushadi (odatda bir necha daqiqada, kechasi uzoqroq).
- Bir to'lov — 3 000 so'mdan 1 000 000 so'mgacha.
- Karta raqami va SMS kod to'lov tizimining sahifasida kiritiladi; ular bizga berilmaydi.
- Buyurtmaning narxi uni boshlashdan oldin ko'rsatiladi va buyurtma boshlanganda balansdan yechiladi.
Pul o'zi qaytadigan holatlar
Quyidagi hollarda buyurtma narxi (shu jumladan ishlatilgan bonus) balansingizga avtomatik qaytadi, hech narsa yozishingiz shart emas:
- ish tayyorlanayotganda texnik xato bo'lsa yoki tayyorlash to'xtab qolsa;
- tayyor fayl sizga yetib bormasa (masalan, botni bloklagan bo'lsangiz).
Kartadan pul ikki marta yechilgan yoki to'lov balansga tushmagan bo'lsa, @kursishim1 ga chek bilan yozing: tekshirib, pulni balansga qo'shamiz yoki kartaga qaytaramiz.
Ish buyurtmaga mos kelmasa
- Fayl olinganidan keyin 7 kun ichida @kursishim1 ga buyurtma raqami va nima noto'g'ri ekanini yozing.
- 3 ish kuni ichida ko'rib chiqamiz. Ish haqiqatan buyurtmaga mos kelmasa (boshqa mavzu, hajm, til, fayl ochilmaydi), ishni qayta tayyorlaymiz yoki narxini balansga qaytaramiz.
- Tayyor va buyurtmaga mos ish uchun pul qaytarilmaydi: raqamli xizmat bajarilgan hisoblanadi.
Balansdagi pulni kartaga qaytarish
- Balansdagi ishlatilmagan pulni istalgan vaqt qaytarib olishingiz mumkin.
- @kursishim1 ga yozing: Telegram'dagi ismingiz yoki ID raqamingiz, qaytariladigan summa va qaysi bot (@slaydlarim_bot yoki @kursishimbot).
- Pul 10 ish kuni ichida to'lov qilingan kartaga yoki to'lov usuliga qaytariladi. Boshqa kartaga qaytarish kerak bo'lsa, buni ham yozing.
- Faqat o'zingiz to'lagan, hali ishlatilmagan pul qaytariladi.
Qaytarilmaydigan pullar
- bonuslar: o'yin, do'st taklif qilish, hamkor guruh uchun berilganlar;
- aksiya sovg'alari (masalan, to'ldirishga qo'shib berilgan pul);
- bepul buyurtmalar.
Ular faqat Servisdagi xizmatlarga ishlatiladi.
To'liq shartlar — Ommaviy oferta.
Bog'lanish
- Telegram: @kursishim1